Dunyodagi ilk quyosh panelli yo‘lak quriladi
Tompson Rivers universiteti olimlari Kanadaning Kamlups shahrida quyosh panellaridan iborat yo‘lak o‘rnatadi.
Qoplama bir yilda 15 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu 40 ta kompyuterning bir kunda sakkiz soatdan ishlashi uchun yetadi. 64 ta plitkadan iborat “Solar Compass” qoplamasi Tompson Rivers universiteti binolaridan birining kirish joyiga o‘rnatiladi va uning yuzasi 111 metr kvadratni tashkil qiladi.
O‘lchami bir metrga ikki metr bo‘lgan plitkalardan iborat qoplama o‘t o‘chirish mashinasini ham ko‘tara oladi. Qurilma 25–30 yil xizmat qiladi. Qoplama quyosh energiyasi ishlab chiqaruvchi yo‘l qoplamalari yaratish bilan shug‘ullanuvchi “Solar Earth Technologies” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Dilnoza ABDULLAYEVA,
O‘zMU talabasi