Hikmatlar bisotidan
Bolalar axloqiy tarbiyani muhitdan oladilar, boshqacha qilib aytganda, bolalar suvga o‘xshaydilar, suv idishning shaklini olganidek, bolalar ham muhitning odob-axloqini qabul qiladilar.
Fitrat
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odamning xislatlaridan biri shuki, bunday odam o‘z faoliyatida boshqalardan bir qadam oldinga o‘tsa darrov orqaga qaraydi, sheriklarga yordam qo‘lini uzatadi, safini kengaytirib, yangi g‘alabani ko‘zlaydi.
Abdulla QAHHOR
Qo‘nimsizlik
– Meni nega shamol quvlagani quvlagan? – so‘rabdi Somon.
– Ildizingdan ayrilgansan! Shunga qo‘niming yo‘q, – javob beribdi Chinor.