San’at g‘unchalari – yosh iste’dodlar parvozi

Yurtimizda yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog‘lom, yuksak intellektual salohiyat egalari etib tarbiyalash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish va rag‘batlantirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “San’at g‘unchalari” respublika yosh musiqachilar ko‘rik-tanlovi ham yoshlarning musiqiy mahoratini sinovdan o‘tkazish, ularni yangi parvozlar sari ruhlantirishga xizmat qilmoqda.

“San’at g‘unchalari” XIX respublika tanlovining tantanali ochilish marosimi 27 aprel kuni erta tongdan O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda so‘zga chiqqanlar davlatimiz tomonidan milliy musiqa merosimizni asrab-avaylash, yoshlar tafakkuri, dunyoqarashi va didini yuksaltirish, ularni musiqa san’ati durdonalari va jahon klassik musiqasi namunalaridan keng bahramand etish borasida tizimli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

Tanlovda respublikamizdagi musiqa va san’at maktablarida ta’lim oluvchi va hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jami 150 nafardan ortiq ishtirokchi o‘z iste’dodini namoyish etdi. Shuni ta’kidlash joizki, tanlovning hududiy saralash bosqichlari joriy yilning 18-19 aprel kunlari yurtimizning barcha hududlarida yuqori saviyada o‘tkazilib, unda jami 360 nafar yosh iqtidor sohiblari qatnashdi.

Ishtirokchilar ikki kun davomida Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyida tanlov shartlarini bajarishdi. Ijodkorlar yoshga ko‘ra kichik (11-13 yosh) va katta (14-15 yosh) guruhlarga bo‘linib, fleyta, gaboy, klarnet, saksafon (alt, tenor), tronbon, fagot, truba, valtorna, tenor-bariton, tuba, zarbli cholg‘ular kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

– Ushbu tanlov ustozlardan o‘rgangan bilimlarimizni yana bir bor sinovdan o‘tkazdi, – deydi tanlov g‘olibi Abdurashid Obidov. – Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan uchrashuvlar, muloqotlar keyingi izlanishlarimizga turtki bo‘ladi, degan umiddaman.

Ta’kidlash joizki, mazkur san’at festivali respublikamizda 1998 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

 

Xususan, ushbu tanlovda 2011–2016 yillarda 9-13 yoshdagi kichik hamda 14-16 yoshdagi katta guruh o‘quvchilaridan jami 855 nafari ishtirok etib, ulardan 382 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

 

Quvonarlisi, ularning aksariyati Italiya, Fransiya, Polsha, Ozarbayjon, Rossiya, Serbiya, Belorus, Qozog‘iston kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatga erishishdi.

“San’at g‘unchalari” XIX respublika ko‘rik tanlovining tantanali yopilish tadbirida konsert dasturi, bolalar rasmlari ko‘rgazmasi, poytaxtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar hamda mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Yana o‘qing:  Sportchi otaning chempion o‘g‘li

Yakunda g‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Xurshida HUSENOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: