Hamshiralarga yangi tartibda maosh to‘lanadi

2 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Har bir murojaat e’tiborda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahlili” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vazirligida patronaj ishini yanada yaxshiroq tashkil qilish bo‘yicha shtab tashkil qilingan. Hududlarda ushbu xizmat qanday olib borilayotgani yuzasidan barcha kerakli ma’lumotlar o‘rganib borilmoqda.

Qayd etilishicha, patronaj sumkalarida bolalarni o‘lchash uchun tarozi, tana haroratini o‘lchagich, qon bosimini o‘lchash uchun tanometrlar bo‘lishi kerak.

Shuningdek, anjumanda joriy yilning mart oyida Prezident tomonidan qabul qilingan “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan patronaj hamshiralarining ish reytingini ishlab chiqish bo‘yicha muddat berilgan. Ya’ni, bir oy muddat ichida ularning ish reytingini hisobga olish bo‘yicha nizom ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, har bir hamshiraga ularning ishi samaradorligi bo‘yicha oylik maoshlari to‘lanadi. Yangi nizom ishlab chiqilib, tasdiqlangach, ularning oylik maoshlari ish samaradorligidan kelib chiqqan holda to‘lanishi ta’kidlab o‘tildi.

Yana o‘qing:  "Yoz-2017": kim qayerda dam oladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: