Dorilomon kunlar shukronasi

Yurtimizda urush faxriylariga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatish, ularni ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini mustahkamlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Poytaxtimizdagi Shohimardon mahallasida yashovchi 92 yoshli Inoyat otaning yurtimizda olib borilayotgan islohotlardan minnatdorligini uning nurli chehrasidan, samimiy suhbatidan sezish qiyin emas.

– Dunyoda tinchlikdan aziz boylik yo‘q, – deydi otaxon. – Prezidentimizning urush va mehnat faxriylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlab chiqargan farmonidan biz keksalar mamnun bo‘ldik. Ilohim, yurtimizdagi tinchlik abadiy bo‘lsin.

Inoyat ota mudom harakatda. Mahallada, ta’lim muassasalarida yoshlarga tinchlikning ulug‘ ne’mat ekani, bugungi farovon hayotimizning qadriga yetish, uni asrab-avaylash zarurligi haqida nasihat qiladi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashadi. Otaning samarali mehnatlari munosib rag‘batlantirilib, u kishi “Jasorat”, “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi” yubiley medallari bilan taqdirlangan.

Yana o‘qing:  Fond faoliyatidan (2014/25)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: