Rivoyatchi bobo

Adashboy boboni nabiralari “Rivoyatchi bobo” deb chaqirishadi.

Buning sababi maktabda qirq yilga yaqin o'qituvchilik qilgan ustozning xotirasi zo'rligi-yu ko'plab rivoyat, maqol hamda ertaklarni yoddan bilishida. Toshkent viloyatining O'rtachirchiq tumanida istiqomat qilayotgan nuroniy boboni ko'rsangiz aslo yetmish yosh bilan yuzlashayapti demaysiz.

– Bobo bo'lish ham xuddi ustozlikka o'xshaydi. Faqat sizning faningiz

nabiralarga hayotiy misollar, pand-nasihatlar orqali insoniy fazilatlarni singdirib borishdan iborat bo'ladi. Bolaligimda bobomdan eshitgan rivoyatu ertaklarim hamon yodimda, – deydi Adashboy Dadayev kulimsirab. – Bola miya katakchalarini asalari iniga o'xshataman. Asalari inini bol bilan to'ldirgani kabi bola ongini ham ijobiy xususiyatlar bilan to'ldirishimiz lozim. Ertaklar olamidagi ijobiy qahramonlardan ibratli fazilatlarni diliga jo qilgan bola salbiy qahramonlardagi illatlardan qochishga harakat qiladi. Rivoyatlar to'g'ri so'zlik, xushxulqlik, odobli kabi fazilatlar egasi bo'lishga undagani singari, maqollarda ham mehnatsevarlik, tirishqoqlik, ezgulikka kabi undovchi fazilatlar bisyor. Ota bo'lganimda farzandlarimga ko'p rivoyatlar, maqollar aytib yod olishga undaganman. Endi bobo bo'lib nabiralarim bilan bu ishni davom ettirayapman. Nabiralarim davrasida o'z bolaligimni xotirlayman. Ularning adog'i yo'q savollariga javob berishga intilaman.

“Harchand o'qibsan bilimdonsan, amal qilmabsan nodonsan”, – deydi donolar. Darhaqiqat nasihat qiluvchi kishining o'zi uni tinglovchilariga o'rnak bo'lishi lozim, – ta'kidlaydi bobo.

Ha, bolalik misli niholga o'xshaydi. Uni qanday parvarish qilish bog'bonning mehnatiga bog'liq. Adashboy bobo singari qariyalarning pandu nasihatlari, yuksak ma'naviyati yoshlari uchun bir maktab hisoblanadi. Zero xalqimiz orasida “Qari bilganni pari bilmas”, – degan naql bejizga aytilmagan.

Kamola ADASHBOYeVA,

O'zMU jurnalistika fakulteti talabasi

Yana o‘qing:  O‘zgaga atalgan o‘rindiq

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: