Xitoylik injenerlar suv ostida vakuumli transportni qurishi mumkin
Xitoy temir yo‘l transporti instituti keltirgan dastlabki hisob-kitoblarga ishonadigan bo‘lsak, mamlakatda Hyperloop prinsipida ishlovchi vakuumli transportni qurish mumkin. Eng muhimi, barcha kerakli jihozlar va infrastrukturani ishlab chiqish va o‘rnatishdir. Tezyurar poyezdga o‘tirib, Xitoydan Tayvangacha 13 daqiqada yetib borsa bo‘ladi.
Elon Maskning g‘oyasi xitoylik injenerlarga yoqqan ko‘rinadi. Amerikaliklarning panjasiga panja urmoqchi bo‘lgan xitoylik konstuktorlar loyihasida 180 kmlik tonnel barpo etish ko‘zda tutilgan.
Yangi poyezd xitoyliklarning yo‘lini yaqin qiladi va og‘ir yuklarni tashishda yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Nazariy jihatdan uning tezligi soatiga 2 ming km.
Qaytaramiz: bu hozircha loyiha. Ammo xitoyliklar bir ishga qasd qilsa, uddalamasdan qo‘ymaydi. Haqiqiy “Giperlup” birinchi bo‘lib Xitoyda qurilishi ehtimolini ham rad etib bo‘lmaydi.
Manba: sof.uz