Tabiatga imkon bering!

Atrof-muhit ozodaligi salomatligimizga bevosita aloqador ekanligi hech birimizga sir emas. Afsuski, bugungi taraqqiyot davrida turli elektron qurilmalar va xo‘jalik texnikalarini yuqori sur’atlarda ishlab chiqarilishi ona tabiat sofligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda elektron chiqindilar insoniyat oldida turgan yangi ekologik muammoga aylanib ulgurdi.

Dunyo bo‘yicha yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning hech biri rangli va yerda kam uchraydigan metall xomashyolarsiz mahsulot ishlab chiqara olmaydi. Shu bilan birgalikda ushbu xomashyo resurslari cheklanganligi va tabiatda qayta tiklanmasligi inobatga olinadigan bo‘lsa, ulardan foydalanish masalasi butun dunyoda o‘ta muhim sanaladi. Bu kabi mahsulotlarni saqlash va ularga bo‘lgan talabni qisman qoplash uchun tarkibida bunday xomashyolar mavjud chiqindilarni qayta ishlash talab etiladi. Shu bilan birga ishchi kuchi hamda moddiy resurslarni sezilarli darajada tejash ham muhim vazifalardan sanaladi.

Bularning barini inobatga olgan holda O‘zbekistonda ilk bor elektrotexnika chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha yangi dastur ishlab chiqildi. Dunyo mamlakatlari tajribasidan ma’lumki, bu kabi loyihalar tabiatni asrashga imkon beradi.

Elektron chiqindilarning hosil bo‘lishidagi dolzarb va muhim ekologik muammolarni hal etishda 2016–2020 yillarda yurtimizda atrof-muhit muhofazasi, aholining ekologik faolligini oshirish, qattiq maishiy va elektron chiqindilarni utilizatsiya qilishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha chora tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tadbirlar dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi “Toshrangmetzavod” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda qator tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning 22 aprelida o‘tkazilgan tadbir ham bu kabi xayrli ishlarning davomi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “Toshrangmetzavod” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Biz bilan ozoda kelajak sari” I Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalarini e’lon qilish va g‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbirda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari talabalari, ekspertlar va keng aholi qatlami vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad chiqindilar bilan ishlash sohasida ekologik muammolarni hal etishda yosh avlodning ishtirokini kuchaytirish va atrof-muhit muhofazasida chiqindilar bilan ishlash va ekologiya masalalariga e’tiborni qaratishdan iborat.

Yana o‘qing:  Ota-ona ibrati farzandlarga qanot bag‘ishlaydi

Ona tabiat muhofazasida chiqindilar muammosi, ularni boshqarish, aholining ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga ijodiy tomondan yondashish muhim sanaladi. Ko‘rik tanlov “Biz bilan ozoda kelajak sari” deb nomlandi va u ikkita nominatsiya – “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi poster” bo‘yicha o‘tkazildi.

100 dan ortiq ijodiy ishlar orasida 14 ta videorolik va 28 ta poster tanlab olindi. Saralab olingan ijodiy ishlar ochiq ovoz berish uchun yakuniy bosqichga taqdim etildi. E’tiborlisi, ko‘rik-tanlovda deyarli barcha viloyatlarda tahsil olayotgan talaba va o‘quvchilar faol ishtirok etdi.

“Media park” savdo majmuasida o‘tkazilgan bellashuvning so‘nggi bosqichida g‘oliblar hakamlar hay’ati tomonidan tantanali ravishda e’lon qilindi. Ochiq ovoz berish yo‘li bilan aniqlangan natijalarga ko‘ra Toshkent davlat stomatologiya instituti talabasi Shuhrat Adashev “Eng yaxshi videorolik”, “Eng yaxshi poster” yo‘nalishida esa Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Eduard Kim g‘olib deb topildi.

– Hozirda hajmi tez sur’atlar bilan ko‘payib borayotgan chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Bunda, ayniqsa, yaroqlilik muddati o‘tgan maishiy va elektron texnikada mavjud rangli metall chiqindilarning utilizatsiyasi alohida ahamiyatga ega. Ijodiy ishlanmam orqali chiqindilarning atrof-muhitga keltiradigan zarari, tabiatga qay darajada ta’sir etishi ko‘rsatib berilgan. Ishlagan roligim orqali insonlar tabiatni asrash borasida kerakli tasavvurga ega bo‘lishgan bo‘lsa, bundan juda xursand bo‘laman, – deydi Shuhrat Adashev.

Shu bilan birga ko‘rik tanlovda faol ishtirok etgan Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining bir guruh talabalariga tanlov tashkilotchilari tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Xurshida HUSENOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: