Odamning biologik salohiyati 500 yoshgacha yashash imkonini berishi aniqlandi

Odamning biologik salohiyati 500 yoshgacha yashash imkoniyatini beradi. Bu haqda Google korporatsiyasining venchurli investitsiya bo‘limi – Google Ventures prezidenti Bill Meris aytib o‘tdi, deb yozadi Bloomberg.

“Fikrimcha, tibbiyotdagi muvaffaqiyatlar va biomexanika taraqqiyoti insonga 500 yilgacha yashash imkoniyatini beradi”, – dedi Meris.

Uning aytishicha, ayni paytda Google genetika va turli kasalliklar diagnostikasi sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanadigan startap kompaniyalarga investitsiya ajratmoqda. “Biz hayotni tadqiq qilish sohasida eng katta jur’at talab qilinadigan rejalarni amalga oshirish imkonini beradigan qurollarga egamiz”, — deya ta’kidladi u.

Bill Meris neyrobiologiya sohasida o‘qigan. So‘nggi paytlarda u inson hayoti muddatini uzaytirish bo‘yicha loyihalar ustida ishlamoqda. Google’ning ayni paytdagi g‘oyasi shundan iboratki, zamonaviy odam to‘g‘ri turmush tarzi olib borish orqali 120 yoshgacha yashashi mumkin. Biroq shundan keyin unga yangi avlod mashinalari tomonidan o‘z hayotini deyarli cheksiz muddatgacha uzaytirish uchun ko‘mak talab etiladi.

 

 Manba: sof.uz

 

Yana o‘qing:  Sog‘lom ovqatlanish nima?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: