Umumta’lim maktablarning bir qator fanlariga o‘zgartirishlar kiritiladi

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida ta’lim sifati va samaradorligini yuksaltirishga oid amaliy ishlar va istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida o‘shbu mavzu xususida to‘xtaldi.

Olis aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning sifatli umumiy o‘rta ta’lim olishini ta’minlash maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumta’lim maskanlarining filiallari tashkil etilib, ularda o‘quvchilar soni 100 nafargacha bo‘ladi. Boshqa umumta’lim maskanlariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasidan kelib chiqib, o‘quvchilar soni 180 nafargacha bo‘lgan umumta’lim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin. Tegishli maydonga ega bo‘lgan maktablar sinflarida o‘quvchilar tarkibi 35 nafardan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sinf o‘quvchilarini muayyan fanlar bo‘yicha bo‘lib o‘qitish yuzasidan ham tegishli normalar belgilandi. Bolalarning intellektual rivojlanish jarayonini hisobga olib, ularni 6-7 yoshdan maktabga qabul qilish me’yorlariga ham aniqliklar kiritildi.        

Majburiy ta’lim tizimi uchun (9+3 asosidagi) 18 umumta’lim fanidan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi. Mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida jismoniy tarbiya fanidan davlat ta’lim standartlariga shaxmatni o‘rganish talablari singdirildi. O‘quv rejasi ham yanada takomillashtirilib, “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani “Informatika va axborot texnologiyalari” deb o‘zgartirildi. O‘quvchilarni kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashga yo‘naltirish maqsadida “Mehnat ta’limi” fani “Texnologiya” fani deb o‘zgartirildi va bugungi kun talabidan kelib chiqib, ko‘p tarmoqli yo‘nalishlarga asoslangan holda qayta ishlandi.

 

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  Rio-De-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi olimpiada o‘yinlari g‘oliblarini pul mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: