Sarimsoq yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar – O‘rinboy, Manzur, Chillaki F1, Krisbi F1, Krimstar F1 va o‘rta-ertapishar – Surxon tongi, Dilnoz, Sharq ne’mati, kechpishar – Hayit qora, Qo‘ziboy.

Urug‘ tanlash. Ekiladigan tarvuz urug‘i toza, yuqori unuvchan, kasallik yuqmagan, o‘rtacha kattalikda, butun (sinmagan) bo‘lishi zarur. Urug‘lar boshqa o‘simliklar urug‘lari va aralashmalaridan tozalanadi.

Yer tayyorlash. Polizchilikda yerni ekishga tayyorlash keyingi barcha texnologik chora-tadbirlarni yaxshi naf berishini ta’minlovchi muhim omildir. Kuzda yer 35-40 sm chuqurlikkacha shudgor qilinadi. Yerni shudgorlashdan oldidan mineral va organik o‘g‘itlar beriladi. Bahorda tuproqda namni saqlab qolish uchun yerga uzun tishli xaskash yordamida ishlov beriladi. Tarvuz erta muddatlarda ekilganda yerni bahorda qayta shudgorlashning hojati yo‘q. Ekinlar kechki muddatlarda ekilganda yerni qayta shudgorlash zarur. Bunda tuproqni ag‘darmasdan turib, 22 sm chuqurlikda yumshatib chiqiladi.

Ekish muddati va sxemasi. Markaziy mintaqada joylashgan viloyatlarda qovun va tarvuzning ertagi navlari 15 aprelgacha, o‘rtagisi 20 apreldan 10 maygacha, kechkisi 15 maydan 10 iyungacha; janubiy viloyatlarda ertagi navlar 10 aprelgacha, o‘rtagisi 10-20 aprelda, kechkilari esa 10-20 iyunda ekiladi. Shimoliy hududlarda ertagi qovun va tarvuzni 20 aprelgacha, o‘rtagi navlarni 25 apreldan 10 maygacha, kechki navlarni 20-30 mayda ekish lozim.

Qator oralari 210-280 sm bo‘lgan keng egat olinadi. Bunday egatlar poliz ekinlari palaklarini yaxshi taraliishi imkon beradi. Urug‘lar 3-6 sm chuqurlikka ekiladi. Mayda urug‘li tarvuzlarni ekish uchun 1 sotixga 45-50 g, yirik urug‘li tarvuzlarni ekish uchun 55-60 g urug‘ sarflanadi.

Parvarishlash. Agar urug‘ nam tuproqqa ekilsa nihollar unib chiqquncha sug‘orish talab etilmaydi. Tarvuz ekinini asosiy parvarishlash ishlari o‘simliklarni yaganalash, tuproqni yumshatish, ekinni oziqlantirish, chopiq qilish, sug‘orish, palaklarni to‘g‘rilash, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashishni o‘z ichiga oladi. Yaganalash ikki bosqichda: birinchisi o‘simlik chinbarg chiqarganda va birinchi chopiq vaktida o‘tkaziladi.

Nihollar yalpi unib chiqishi bilan bir qatorda oralarini yumshatishga kirishiladi. Nihollar unib chiqqandan 20-25 kun o‘tkazib, ya’ni ularda ikkita-uchta chinbarg paydo bo‘lganidan keyin ekin birinchi marta chopiq qilinadi, dastlabki suv beriladi, oziqlantiriladi. Ikkinchi chopiq birinchisidan 25-30 kundan keyin o‘tkaziladi. Vegetatsiya mobaynida qator oralari 4-5 marta chopiq qilinadi.

Yana o‘qing:  Jo‘xorining tillarang donachalari yoxud uning foydali xususiyatlari haqida

O‘g‘itlash. Tarvuz 1 sotix yerga sof holda 0,750 g azotli, 0,750 g fosforli va 0,500 g kaliyli, organik o‘g‘itlardan 300-400 kg solinadi. Bo‘ztuproqli yerlarda o‘suv davrida ekini har gal 1 sotix yerga 4-5 m3 hisobidan 8-9 marta sug‘orish kifoya. Sizot suvi yuza joylashgan dalalarda esa bo‘ztuproqli yerlarga qaraganda kamroq 4-5 marta sug‘oriladi.

Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish. Urug‘ni ekishga tayyorlash oldidan bir sutka davomida suvda ivitiladi. 1 kg uruqqa 34% Vitavaks preparatining 2 foizli yoki 60,7% Previkur preparatining 1,5 foizli eritmasini purkash orqali urug‘ni zararsizlantirish tavsiya etiladi.

Ekinga kasalliklardan ildiz chirish, fuzarioz so‘lish, unshudring, zararkunandalardan poliz biti (shirasi), o‘rgimchakkana, oqqanot, qovun pashshasi katta zarar yetkazadi.

Zararkunandalarga qarshi 10 sotix maydoniga izli Mospilan 20% n. kuk. (25-30 g), Agrofos D 55% (150 ml) va kasalliklarga qarshi Previkur 72,2% s. e. k. (150 ml), Kurzat R n. kuk. (200-250 g), Rirdomil gold 68% s. d. g. (200-250 g) yoki 1 foizli Bordo suyuqligini qo‘llash mumkin. 60-70 litr suvga tayyorlangan aralashma purkaladi. Bu kimyoviy preparatlarni mutaxassislar nazoratida qo‘llash zarur.

Hosilni yig‘ishtirish. Tarvuz hosili pishib yetilganlarini tanlab-tanlab uch-besh marta yig‘ib olinadi. Kechki muddatda ekilgan kechki navlar esa bir marta yig‘ishtirib olinadi. Pishgan tarvuzlar polizda uzoq muddat turib qolsa nobud bo‘ladi.

R. Hakimov, F. Rasulov

 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi saytidan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: