Organizmni eskirgan hujayralardan tozalash umrni uchdan biriga uzaytirishi ma’lum bo‘ldi

Amerikalik olimlar organizmni eskirayotgan hujayralardan xalos etish salomatlikni yaxshilashi va umr davomiyligini 35 foizga oshirish imkonini berishini namoyish etdi. Ushbu tajriba haqida Nature xabar bermoqda.

Immun tizimiga yordam berish uchun Meyo klinikasi tadqiqotchilari tajriba sichqonlari organizmidagi qariyotgan hujayralarni AP20187 preparati yordamida yo‘q qildi. Oradan yarim yil o‘tgach, bu sichqonlar nazoratdagi boshqa jonivorlarga qaraganda ancha sog‘lom ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ularning buyraklari yaxshiroq ishlar, yuragi esa bosimlarga bardoshliroq edi. Davolanish hatto ularning o‘zini tutishida ham o‘z aksini topdi: sichqonlar quvnoqroq va shijoatliroq bo‘lib qoldi. Biroq hammasidan ko‘ra olimlarni sichqonlarning o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 17–35 foizga oshgani hayratga soldi.

 

Manba:sof.uz

Yana o‘qing:  Pampersli enurez qanday xastalik?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: