Qalpoq kiygan qalamchalar

Qo‘ziqorinlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish hayotingizni xavfdan asraydi.

Ularning tabiatda 100 mingdan ortiq turi ma’lum bo‘lib, zamburug‘lar hayvonot va o‘simlik dunyosining oralig‘idagi o‘ziga xos alohida guruh hisoblanadi.

O‘zbekiston zaminida ularning 200 ga yaqin turi o‘sishi aniqlangan. Shundan qo‘ziqorinning 20 ga yaqin turi iste’mol uchun yaroqli hisoblanadi. Xalqimiz azaldan ularni iste’mol qilib kelgan hamda zaharli va zaharsizlarini ajrata olgan. Iste’mol qilinadigan zamburug‘larni aholi qo‘ziqorin deb atagan.

Iste’mol qilish mumkin bo‘lgan va zaharli qo‘ziqorinlarni bir-biridan ajratish juda qiyin. Ko‘p hollarda ular bir-biriga o‘xshab ham ketadi. Inson iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan qo‘ziqorinlarga oq qo‘ziqorin, qizil qo‘ziqorin, shampinion va opyonok kiradi. Zaharli qo‘ziqorinlarga: qizil muxamor, kulrang muxamor, satanin, sariq soxta qo‘ziqorin va boshqalarni misol keltirish mumkin. Tuzlangan yoki marinadlangan qo‘ziqorinlar ruxlangan idishlarda saqlanganda ham zaharlanish ro‘y berishi mumkin.

Smorchok va strochok nomli qo‘ziqorinlardan noto‘g‘ri taom tayyorlanganda ham zaharlanish kuzatiladi. Ularning tarkibida zaharli gelvelat kislotasi bo‘lib, bu modda suvda yaxshi eriydi. Shuning uchun qo‘ziqorinlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab qaynatib, so‘ngra suvini to‘kib tashlash kerak.

Avtomagistral yo‘l yoqalari, zaharli og‘ular hamda kimyoviy moddalar saqlanadigan omborxonalarning tevarak-atroflarida o‘sadigan iste’molga yaroqli bo‘lgan qo‘ziqorinlardan ham zaharlanib qolish mumkin. Chunki, mashinalardan chiqadigan is gazlari va zaharli moddalarni qo‘ziqorinlar tarkibiga singdirib olishi mumkin.

Undan zaharlanganda kasallik belgilari iste’mol qilingan mahsulotning turiga qarab bemorda turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan; qizil muxamor tarkibida muskaridin va muskarin nomli alkaloidlar mavjud. Qizil muxamordan zaharlanganda uning belgilari 1-2 soat o‘tgach namoyon bo‘ladi. Bemorda asab tizimi faoliyatida o‘zgarishlar, so‘lak oqishi, ko‘p terlash, ko‘zdan yosh oqishi kuzatiladi. Tomir urishi (puls) sekinlashadi va sustlashadi. Alahsirash (gallyusinatsiya), titrash kuzatiladi. Ayniqsa, bemorda ko‘z qorachig‘ining kengayishi (muskaridin)ning yoki ularning torayishi (muskarin)ning ta’siri natijasida kuzatiladi. Xasta odamga tez tibbiy yordam ko‘rsatilsa odatda 1-2 kundan keyin u sog‘ayib ketadi. O‘z vaqtida davo choralari ko‘rilmagan vaqtda bemorning ahvoli og‘irlashib, bu holat o‘lim bilan yakun topishi ham mumkin.

Bozorlar va savdo do‘konlaridan qo‘ziqorin xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, gigiyenik va muvofiqlik sertifikatlari hamda veterinariya-sanitariya laboratoriya mutaxassislari tomonidan beriladigan maxsus tibbiy ma’lumotnomani talab qilish shart. Qo‘ziqorinlarni turg‘un savdo shahobchalaridan, belgilangan joylardan tegishli sifatini kafolotlovchi hujjatlari bor bo‘lgan taqdirda xarid qiling. Aks hoda o‘zingizning hamda oila a’zolaringiz sog‘lig‘i va umriga zavol bo‘lib qolmang.

Yana o‘qing:  Turizm: O‘zbekiston dunyo nigohida

 

Qamariddin BOQIYEV,

Respublika DSENM Ovqatlanish gigiyenasi bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: