Xorijlik shifokorlar Buxoroda

Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Janubiy Koreyaning “Vision Care” xalqaro tashkiloti oftalmolog-shifokorlari aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi sohaga oid davlat dasturlari ijrosi doirasida bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Masalan, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti, Janubiy Koreyaning “Save the Children” xalqaro fondi va boshqa muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatilishi natijasida tug‘ma yurak nuqsoni, qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari, teri kuyish asoratlari va boshqa xastaliklar bilan og‘rigan bir guruh bolalar bepul sog‘lomlashtirildi.

“Daewoo International” korporatsiyasi homiyligida “Vision Care” xalqaro tashkilotining bir guruh shifokorlari Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, Buxoro va Navoiy viloyatlari aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Murojaat qilganlarning qariyb 100 nafarida katarakta bartaraf etilib, ko‘z gavhari almashtirildi.

Aksiya doirasida chuqurlashtirilgan oftalmologik tekshiruvlardan o‘tgan bemorlar dori-darmon, maxsus ko‘zoynaklar bilan bepul ta’minlandi. Ularga ko‘z xastaliklarining oldini olish yuzasidan tegishli maslahatlar berildi.

 

N.NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  DIQQAT! E’LON!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: