Musobaqada ayollar bellashdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasida “Sog‘lom ayol – sog‘lom jamiyat” nomli sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilgan bellashuvlarning o‘tkazilishidan maqsad vazirlik va jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, sportni ommalashtirishdir.

Tadbirga 130 nafardan ziyod ishtirokchi jalb etildi. Musobaqalarda Sog‘liqni saqlash, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta’limi vazirliklari hamda “Mahalla” xayriya jamoat fondi jamoalari qatnashdi. Ishtirokchilar sportning basketbol, badminton, stol tennisi, shashka va gimnastrada yo‘nalishlari bo‘yicha bellashdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirildi.

Tadbirning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

Ma’rifat TOLIPOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Яна ўқинг:  HIKMAT IZLAGANGA...

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: