Mehr va e’tibor og‘ushida
Buxoro viloyatida ham Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylari holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari topshirilmoqda.
Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mahalla faollari, yoshlar Jondor tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Xalim ota Mansurov, Zarif ota Jumayev, Salim ota Halimovlarning xonadonida bo‘lib, ularga Prezidentimiz nomidan sovg‘a-salomlar topshirdi.
– Biz, faxriylarni ijtimoiy himoyalash, farovon hayot kechirishimiz uchun zarur sharoit yaratishga qaratilayotgan alohida e’tibordan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarilmoqda, – deydi Zarif ota Jumayev. – Tinchlik – ulug‘ ne’mat. Bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz bardavom bo‘lsin.
Tohir ISTATOV,
O‘zA muxbiri