HAMMASI G‘ALABA UCHUN, HAMMASI VATAN UCHUN

Kuni kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi millionlab o‘zbek futboli ishqibozlariga olam-olam zavq ulashdi. Muhtasham “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati saralash musobaqasining to‘rtinchi bosqich oltinchi tur uchrashuvida vakillarimiz Livan terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Hammasi g‘alaba uchun, Vatan uchun

“A” guruhida oxirgi o‘rinni egallab turgan Livan terma jamoasi uchun Toshkentdagi o‘yin hal qiluvchi ahamiyat kasb etardi. Chunki ular bu o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasidan mag‘lubiyatga uchrasa, jahon chempionatiga chiqish imkoniyatlari keskin kamayib ketardi. Shu bois, livanlik futbolchilar muhim uchrashuvda futbolchilarimizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Yakunda esa hammasi biz uchun ijobiy yakun topdi. 35 ming muxlis qo‘llab-quvvatlashi ostida hujumkor o‘yin namoyish etgan futbolchilarimiz Server Jeparovning yagona goli evaziga muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 ochko jamg‘arib, pesh­qadamlik mav­qeini mustahkamladi.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Janubiy Koreya futbolchilari o‘z maydonida so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga Qatar milliy terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘n ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, qatarliklar va bu turda dam olgan Eron milliy terma jamoasi ham hisoblaridagi yetti ochko bilan mundial yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichining nav­batdagi uchrashuvini 11 iyun kuni safarda Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi o‘tkazishadi.

Navro‘z NORBOBOYEV

Yana o‘qing:  O‘smirlarimiz xalqaro turnir ishtirokchisi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: