Bahor keldi
Quyosh ko‘zini ochdi,
Dalalarga nur sochdi.
Yorug‘ bo‘ldi kechalar,
Tezda ayoz ham qochdi.
O‘ynashadi bolalar,
Terib gul-u lolalar.
Ismaloq-u yalpizdan,
Somsa yopar xolalar.
Qaldirg‘och uy quradi,
Davr-u davron suradi.
Toki qish kelgunicha,
O‘lkamizda qoladi.
Chaqmoq chaqar osmonda,
Yomg‘ir yog‘a boshlaydi.
Butun borliq uyg‘onib,
Ko‘klamni olqishlaydi.