Qishlog‘im
Ona qishlog‘im Katlos,
Ko‘rkam go‘zal naqadar.
Boshida porlar quyosh,
Yonbag‘ri baland tog‘lar.
Odamlari mehnatkash,
Dasturxoni to‘kindir.
Bog‘lari mevaga boy,
Rizq-u ro‘zi butundir.
Ariqlarda suvlari,
Jilvalanib oqadi.
Mening aziz qishlog‘im,
Barchangizga yoqadi.
Oynur AZIMOVA