“Salomatlik poyezdi” Navoiy viloyatida
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida tashkil etilgan “Salomatlik poyezdi” “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi.
Ushbu xayriya tadbiri doirasida malakali shifokorlar hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadasi xodimlari viloyatning chekka hududlarida bo‘lib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholiga, tibbiy-ijtimoiy muassasalarga 13 466,4 milliard so‘mlik dori-darmon, gigiyena vositalari hamda insonparvarlik yordami yetkazib beriladi.