Smartfon korpusida xavfli mikroorganizmlar yashaydi
Britaniyaning Surrey universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijasiga ko‘ra egalari tomonidan faol ishlatiladigan smartfonlarning ko‘pchiligida turli bakteriyalar borligi aniqlandi. Hatto ular orasida kasallik keltirib chiqaradiganlari ham mavjud.
Olimlar Petri chashkasiga bir nechta smartfonni joylab, bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan sharoitda uch kunga qoldirdi. So‘ng natijalarni diqqat bilan o‘rganib chiqdi. Yakunda britaniyaliklar tomonidan faol qo‘llaniladigan 63 millionta smartfonning 15 milliontasi sog‘liq uchun xavfli ekani ma’lum bo‘ldi.
V.PO‘LATOVA