Tibbiy yordam takomillashmoqda

Mamlakatimizda aholiga davlat tomonidan kafolatli bepul tibbiy yordam berishni ta’minlaydigan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi yaratilgan.

Prezidentimizning 2017 yil 16 martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni tibbiyotning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordam tizimidagi islohotlarni davr talabi va aholi ehtiyojidan kelib chiqib yangi bosqichga olib chiqishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir.

Mazkur hujjatda shoshilinch tibbiy yordamning zamonaviy, yuqori texnologik va samarali tizimini shakllantirishning ustuvor vazifalari belgilab berilgan. Jumladan, joriy yilda 1 ming 200 ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi sotib olish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati, xususan, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari avtoparkini yangilash ko‘zda tutilgan.

Mazkur farmonga muvofiq, Qashqadaryo viloyatidagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlariga 40 dona yangi “Damas” ambulans mashinasi ajratildi. Bu hududda aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish qamrovi va sifatini yanada oshirish imkonini beradi.

 

O‘.BAROTOV,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  Depressiyani dori vositalarisiz ham davolash mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: