Sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun eng foydali ichimlik qaysi?
Olimlar sportchilar uchun eng foydali ichimlikni aniqladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu oddiy suv ekan. Bu haqda ToDay News Ufa nashri yozdi.
Tibbiyotchilar turli ichimliklar inson organizmiga o‘ziga xos tarzda ta’sir ko‘rsatishini tadqiq qildi.
O‘tkazilgan tahlillar tetiklashtiruvchi ichimliklar haqiqatan ham samara berishini ko‘rsatdi, biroq ular vazn bilan bog‘liq muammo keltirib chiqaradi, tish emalini yemiradi. Shu sababli mutaxassislar tarkibida kofein bo‘lgan quvvatbaxsh ichimliklarni tavsiya qilmaydi. Bu ichimliklar bosh og‘rig‘i, aritmiya, nevroz va boshqa kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Suv esa organizm muvozanatini tiklaydi. Salbiy ta’siri mutlaqo yo‘q.
Manba: sof.uz