Tongni qaynoq suv bilan qarshi oling!

Ko‘pchilik tongni bir finjon choy yoki qahva bilan qarshilaydi. Tongda och qoringa ichilgan qaynoq suv organizm uchun qanday foydali xususiyatga ega ekanligidan xabaringiz bormi? Unda tanishing.

 

  1. Organizmni zaharli modda (toksin)lar va xiltlardan xalos etadi. Issiq suv hazm qilish jarayonida yuzaga kelgan qoldiqlarni yuvib tushirish xususiyatiga ega.
  2. Moddalar almashinuviga ijobiy ta’sir etadi. Moddalar almashinuvi jarayoni tongda faol ishlaydi bu jarayonni tezlashishiga esa qaynatilgan suv ko‘mak beradi.
  3. Qarish jarayonini sekinlashtiradi. Qaynatilagn suvni har tongda iste’mol qilishni odat qilish teri tuzilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va teridagi yog‘ hamda husunbuzarlarni bartaraf etadi.
  4. Og‘riq qoldirish xususiyatiga ega. Qaynatilgan suv bosh og‘rig‘i, tomir tortishishi, turli xurujlarda yaqindan yordam beradi. U qon aylanish jarayoniga samarali ta’sir etib og‘riqdan xalos etadi.
  5. Ortiqcha vazndan xalos etadi. Oq qoringa ichilgan qaynoq suv ishtahani pasaytiradi, ovqat hazm qilish jarayoniga samarali ta’sir ko‘rsatadi va turli shishlardan bartaraf etadi.
  6. Arterial bosimni me’yorlashtiradi. Och qoringa ichilgan suv ishqoriy muvozanatni me’yorlashtiradi, arterial bosimni me’yorida ushlashga ko‘mak beradi.

 

Xurshida Husenova

Yana o‘qing:  Sifat va xavfsizlik – inson salomatligi omili

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: