Yangi turdagi gibrid “eko-tom” ishlab chiqildi

Malaya Universitetida (Malaziya) olimlari tomonidan ishlab chiqarilgan tom, bir qancha ekologik savollarga javob bera oladi: elektroenergiyaga bo‘lgan talab, yashash qulayligini oshirish, energiya ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan xom ashyo miqdorini kamaytirish, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun o‘ta dolzarb hisoblanadi. 

Eko-tom V ko‘rinishda qurilganligi uning ostidagi turbinalarga havo oqimini yo‘naltiradi va u yerda energiya vujudga keladi. Bundan tashqari uydagi havo ventilyasiyasini ta’minlaydi. Yomg‘ir suvini to‘playdigan qurilma quyosh elementlarini tozalashda hamda sovitishda foydalaniladi. 

Mansard oynalar xonalarning kunduz kuni yoritish uchun foydalaniladi, buning natijasida sun’iy yoritishga bo‘lgan extiyoj kamayadi.

Malaziyada bir odam yil davomida o‘rtacha 4200 kVt/soat elektroenergiyadan foydalanadi. Mutaxasislarni ta’kidlashlaricha, bir yilda tom yordamida 6 ta odamga yetadigan 21200 kVt/soat elektroenergiya ishlab chiqariladi. Mansard oynalar yordamida esa yana 1840 kVt/soat tejab qolinadi. Bundan tashqari ventilyasion tizim 217 mln kub metr havoni tozalab, kabonat angidrid gazi chiqishini 17.768 kg ga kamaytiradi. Yomg‘ir suvini to‘plovchi qurilma 525 kub metr suvni to‘plashi mumkin. Ko‘rstkichlar tom o‘rnatilgan joyga qarab o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlanib o‘tilgan.

Tadqiqotchilarning aytishicha, agar tom shamol ko‘p bo‘ladigan xududga o‘rnatilsa, sarfni qoplash vaqti tezlashishi mumkin. Tomni o‘rnatilgan joyga qarab: quyosh yorug‘ligi, yog‘ingarchilik miqdori va shamol kuchiga qarab moslashtiriladi.

 

Manba: sof.uz

Yana o‘qing:  EKOLOGIK NOUTBUK

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: