Barkamol avlod

Farzand shirin, ulg‘aysa sog‘lomu oqil,

Oilaga tayanchdir – bo‘lsa u qobil.

Chuqur bilim, hunardan baxtiyor ko‘ngil,

Vatanni etar obod – barkamol avlod!

 

Bo‘lsin yoshlar zamonning zo‘r bilimdoni,

Fan, texnika asrining yetuk sultoni.

Zakovatu zukkolik – qudrat imkoni,

Vatanni etar obod – barkamol avlod!

 

Yigit-qizlar yuz hunar etsin namoyon,

G‘olib, polvon, mardlarga tan bersin jahon!

O‘tkir zehnu malaka – zafar begumon,

Vatanni etar obod – barkamol avlod!

 

Kim quvonmas o‘g‘li gar bo‘lsa chempion,

Topsa qizi mehnat-la hurmat, sharaf-shon?!

Yurt faxridir dilbandi bo‘lsa Qahramon,

Vatanni etar obod – barkamol avlod!

 

Yana yetishsin buyuk Amir Temurlar,

Ibn Sino, Navoiy, yana Boburlar.

Dunyoga chiqsin ulug‘, olim, shoirlar,

Vatanni etar obod – barkamol avlod!

 

Tuzatolmas noshudni, Murod, zar-tillo,

Farzandga ezgulikni ko‘raylik ravo.

Mukammal kasb, odobdan ko‘p ekan ma’no,

Vatanni etar obod – barkamol avlod!

 

Murod RAHMON

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: