Kitobga boy “Kitob olami”
Mamlakatimizda aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh avlod tarbiyasida kitobning ta’sirchan kuchidan unumli foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.
“Qashqadaryo kitob olami” mas’uliyati cheklangan jamiyatining qarshi shahridagi kitob do‘koni ham aholining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, navqiron avlodni kitobga oshno etish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda. Bu yerda badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, sarguzasht va bolalar adabiyotiga oid 20 mingga yaqin kitob mavjud.