“Anor” salati
Zarur mahsulotlar: 1 dona anor, 3 dona kartoshka, 2 dona sabzi, 1 dona lavlagi, 250 gr. tovuq go‘shti, 300 gr. qo‘ziqorin, ta’bga ko‘ra tuz va mayonez.
Tayyorlanishi: kartoshka, lavlagi, tovuq go‘shti va qizil sabzi suvda pishirilgach, po‘stidan tozalanadi. So‘ng mayda qilib to‘g‘ralgan qo‘ziqorin tovada qovuriladi.
Likopchani salat barglari bilan bezatib, mahsulotlar quyidagi ketma-ketlikda qo‘yib chiqiladi: qirg‘ichdan chiqarilgan kartoshka, sabzi, mayda qilib to‘g‘ralgan go‘sht, qo‘ziqorin, lavlagi va mayonez. So‘ng anor donachalari bilan bezatiladi.
Shuni yodda tutingki, salatni likopchaga solishdan avval idish o‘rtasiga stakan qo‘yish lozim. Ana shunda salat yanada chiroyli ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM