Uzoq yashashni istasangiz, kitob o‘qing!
Yaqinda Yel universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra kitob o‘qish umrni uzaytirishi aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, hafta davomida 3,5 soatdan ortiq kitob mutoalasi bilan shug‘ullangan insonlar ushbu mashg‘ulot bilan shug‘ullanmaganlarga qaraganda 2 yil ortiq uzoq umr ko‘rar ekan.
Tadqiqot 50 yoshdan oshgan 3600 nafar inson bilan olib borildi. Uning davomiyligi esa 12 yilni o‘z ichiga oldi.
Olimlarning ta’kidlashlaricha, insonning jinsi, uning ma’lumoti va hayot darajasi uzoq umr ko‘rishga to‘sqinlik qilmaydi.
Xurshida HUSENOVA tayyorladi