Chet tili va uzluksiz ta’lim

Yaqinda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Chet tillari bo‘yicha yoziladigan darslik va o‘quv-uslubiy komplekslarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Buyuk Britaniya Kengashidan mutaxassislar va ingliz tili darsligi mualliflari ishtirok etdi. Tadbirda xorijiy tillar bo‘yicha uzviylik va uzluksizlikni ta’minlaydigan dastur haqida Rod Bolayto, Svetlana Xan, Rozaliya Ziryanovalar so‘zga chiqishdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari ingliz tili bo‘yicha birinchi sinflar uchun yaratilayotgan darslik materiallarini muhokama qildilar.

– Biz mana shunday video konferensiyalar orqali darslik yaratish sohasidagi yutuq va muammolarni o‘zaro muhokama qilamiz, hamkasblar bilan fikr-mulohaza almashamiz, – deydi Svetlana Xan.

Tadbir so‘nggida talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha javob qaytarishdi.

Rayhona OCHILOVA

Yana o‘qing:  TIL O‘RGANISHDA SAMARADORLIKNI OSHIRISH

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: