Ona madhi satrlarda

Keyingi paytlarda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining bir qator loyihalari, dasturlari hayotga keng tatbiq etilmoqda.

Mana shunday loyihalardan biri, badiiy jihatdan pishiq, g‘oyaviy ta’siri kuchli bo‘lgan kitoblar taqdimotini o‘tkazishdir. Kuni kecha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tamonidan aholini, ayniqsa, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, yoshlarni yuksak axloqiy qoidalar ruhida ulg‘aytirishga hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi hamda Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan jurnalist Ashurali Jo‘rayev tamonidan yig‘ib nashrga tayyorlangan, “O‘zbekis­ton” nashriyot matbaa ijodiy uyi tomonidan chop etilgan “Onajon” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Ushbu kitobda elimiz suygan ijodkorlardan tortib, endigina adabiyot olamiga kirib kelgan bir qator yosh ijodkorlarning ona zotini madh etgan sara she’rlari o‘rin olgan.

Taqdimotda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faollari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

M. HASANOVA

Yana o‘qing:  Hamyurtlarimiz uchun haj kvotasi 40 foizga oshirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: