Smartfon korpusida kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar yashashi aniqlandi
Egalari tomonidan faol ishlatiladigan smartfonlarning ko‘pchiligi turli bakteriyalarga to‘ladir. Ular orasida kasallik keltirib chiqaradiganlari ham bor. Britaniyaning Surrey universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijasiga ko‘ra shunday xulosaga kelishdi.
Olimlar Petri chashkasiga bir necha o‘nta smartfonni joylab, bakteriyalar rivojlanishi uchun qulay bo‘lgan sharoitda ularni uch kunga qoldirdi, so‘ng natijalarni diqqat bilan o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, smartfon korpusi yuzasida unitazning suv tushiradigan dastagidan ko‘ra 18 marta ko‘p kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar yashaydi.
Tajriba mualliflari ta’kidlashicha, britaniyaliklar tomonidan faol qo‘llaniladigan 63 millionta smartfonlarning 15 milliontasi sog‘liq uchun potensial xavfga egadir.
Manba: sof.uz