Oilaviy va ko‘p profilli poliklinikalarning ishlash vaqti o‘zgardi

O‘zbekistonda birinchi tibbiy yordam aholi bilan ogohlantirish, profilaktik va patronaj ishlash tizimiga aylantiriladi. Samaradorlikning asosiy mezonlari tashrif buyuruvchilar va davolangan bemorlar soni emas, balki fuqarolarni kasalxonaga yotqizish, ularning xastaliklarga chalinishi va nogironlikka uchrashi holatlarning kamayishi bilan hisoblanadi.

Birinchi tibbiy-sanitar yordamlarni ko‘rsatuvchi muassasalarda xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, aholi, ayniqsa qishloq fuqarolari salomatligi holati bo‘yicha patronaj tizimini yaxshilash Prezident Shavkat Mirziyoevning 29 martda imzolangan qarorining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Hujjatda keltirilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1991 yildan buyon mamlakat bo‘yicha statsionarda gospitalizatsiya darajasi 60 foizga kamayishi bilan bir qatorda, poliklinka muassasalariga murojaatlar soni 2,2 barobarga oshgan. Biroq fuqarolarning Prezident virtual qabulxonasi va davlat organlariga murojaatlari ayniqsa quyi tibbiyot muassasalarida sifatli tibbiy yordam va ularning o‘z vaqtida ko‘rsatilishi insonlarni qoniqtirmayotganidan dalolat bermoqda.

Qarorda qayd etilishicha, tibbiyot muassasalarining nomuvofiq joylashtirilishi natijasida bir aholi punkti tezkor tibbiy yordamdan mahrum etilishi, boshqasida esa ularning bir-birining vazifasini takrorlab qolishiga olib kelgan.

Birinchi tibbiy-sanitar yordam tizimini isloh qilishdagi asosiy o‘zgarishlar qatoridan -qishloq vrachlik punktlari, oilaviy va ko‘p profilli poliklinikalarda ish vaqtining 8:00 dan 20:00 ga qadar uzaytirilishi hamda kunu tun ishlovchi mobil, yaxshi ta’minlangan tez yordam podstansiyalarining tashkil etilishi o‘rin olgan.

Fertil yoshidagi, homilador ayollar, bolalar hamda surunkali kasalliklarga chalingan yolg‘iz keksalar va nogironlar, shuningdek, doimiy parvarish va ijtimoiy yordamga muhtoj boshqa shaxslar o‘rtasida doimiy patronaj ishlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

QVplar soni 2985 tadan 1612 tagacha kamaytirilib, 793 ta QVP bazasida kunduzgi statsionarga ega qishloq oilaviy poliklinikalari tashkil etiladi. Ular bilan bog‘liq ravishda “Dori-darmon” dorixonalar tizimi tashkil etilib, arzon va sifatli dori vositalari hamda tibbiy buyumlar savdosi yo‘lga qo‘yiladi. Tez yordam tarmog‘i qisqartirilayotgan 441 ta QVP bazasida yangi podstansiyalar tashkil etilishi hisobga kengaytiriladi. Qisqartirilayotgan 658 ta QVP shifokorlar uchun xizmat turar joyi sifatida foydalanilishi uchun taqdim etiladi.

Qaror bilan 2017−2021 yillarda birinchi tibbiy-sanitar yordam muassasalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi.

 

1 oktyabrdan QVP va qishloq oilaviy poliklinikalarida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning to‘laqonligi va sifatini reyting baholash, bunda xodimlar faoliyatiga qo‘yilgan baholar asosida ular mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Yana o‘qing:  Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz

 

Manba: sof.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: