Nafis sport turi qizlar o‘rtasida ommalashmoqda

Urganch shahrining Yoshlik massivida joylashgan zamonaviy sport majmuasi badiiy gimnastikaga ixtisoslashgan bo‘lib, 270 ga yaqin qiz nafis sport turi bo‘yicha mahorat sirlarini egallamoqda.

– Jismoniy tarbiya, musiqa va xoreografiyani o‘zida uyg‘unlashtirgan badiiy gimnastika qizlar orasida ommalashib bormoqda, — deydi murabbiya Gulyor Qodirova. — Hozirda mashg‘ulotlarimizga 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan qizlar jalb qilingan. Ayni paytda shogirdlarimiz joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan respublika musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

 

Shonazar QORIYEV,

O‘zA

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: