Statistika: SIM-kartalarning ishga tushirilishi chaqaloqlar tug‘ilishidan 5 marta ko‘proq sodir bo‘lmoqda
AQSH Statistika agentligi qiziqarli ma’lumotlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra mobil qurilmalar soni yer shari aholisi sonidan oshib ketdi.
Aniqlanishicha, sayyoramizda har soniyada ikki nafar chaqaloq dunyoga keladi, xuddi shu vaqt ichida esa taxminan 10 ta yangi SIM-karta ishga tushiriladi. Bunday tezlik shunga olib keldiki, bugun telefon, smartfon va planshet kompyuterlari ko‘rinishidagi taxminan 7,2 milliard mobil qurilmalardan foydalanilmoqda. Shu bilan birga, Yer shari aholisining har birida ham loaqal bir dona smartfon, planshet yoki mobil telefon mavjud emas.
BMT mutaxassislarining fikricha, 3 yildan so‘ng sayyoramizning 50 foiz aholisi internetdan erkin foydalana oladi.
Janubiy Koreyada katta yoshdagi aholining 98 foizida internetga kirish imkoniyati mavjud.
Aholisi o‘rtasida internetning ommabopligi bo‘yicha undan keyingi o‘rinlarda Daniya, Shveysariya, Monako va Niderlandiya turadi. U yerda tarmoqning keng tarqalishi ikki baravar kam bo‘lib, 40 foizni tashkil etadi.
BMT ekspertlarining qayd etishicha, hozirda Jahon “o‘rgimchak to‘ri”ning faol foydalanuvchilari 4,6 milliard kishini tashkil etadi. Ularning barchasi asosan, global tarmoqqa ulanish uchun mobil vositalardan foydalanadi. 2018 yilga kelib esa internetga 7,5 milliard kishi ulanishi mumkin.
Smartfon foydalanuvchilarining eng katta va faol guruhi – bu 16 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ular gadjetlarni har kuni o‘rtacha 14 soat ishlatadi. Bu guruhning 90 foizi smartfonga ega, katta yoshdagi insonlarning atigi 14 foizi esa bu kabi vositalardan foydalanadi.
Manba: sof.uz