Shveysariyada kasalxonalarga qon yetkazib berishda dronlardan foydalanilmoqda

Shveysariyaning Lugano shahridagi ikki kasalxona qon yetkazib berish uchun dronlarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Yangi texnologiya yo‘llarda yuz beradigan murakkab vaziyatlarni chetlab o‘tgan holda biomaterialni tezkorlik bilan yetkazib berish imkonini beradi. Loyiha “Swisspost” pochta xizmati ko‘magida yaratildi.

Amerikaning “Matternet” kompaniyasi mahsuloti hisoblangan dronlarga laboratoriya konteyneri joylashtiriladi. Shundan so‘ng kasalxona xodimlari dronni mobil dastur yordamida ishga tushiradi. Belgilangan joyda ikkinchi kasalxona xodimi jo‘natmani qabul qilib oladi.

Uchuvchi vositalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish maqsadida kompaniya aviatsiya sohasidagi tartibga soluvchi organlar bilan hamkorlik qila boshladi. Dron binolarni va parvoz uchun yopiq hududlarni chetlab o‘tadi.

Qurilma ikki kilogrammgacha bo‘lgan yukni 20 kilometrgacha bo‘lgan masofaga olib bora oladi. Uning tezligi soatiga 36 kilometrgacha yetishi mumkin. Infraqizil datchiklar dronga favqulodda holatlarni aniqlashga va parashyut yordamida yerga tushishga imkon beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra dronlar dastlab shaharlar hududida tibbiy maqsadlarda foydalaniladi. Bundan avval dronlar Ruandadagi qishloqlarda dori va qon yetkazib berish kabi vazifalarni bajargan.

Dronlar sinovi 2017 yilning mart oyi o‘rtalarida boshlangan. O‘sha vaqtdan buyon ikki kasalxona o‘rtasida 70 dan ortiq sinov o‘tkazildi. Xizmatni doimiy asosda ishga tushirish 2018 yilda rajalashtirilmoqda.

 

Manba: zamin.uz

Yana o‘qing:  Cho‘ntakbop dazmol

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: