Ta’lim va fanda Harakatlar strategiyasi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida «Harakatlar strategiyasi – ta’lim va fan sohasidagi islohotlarning muhim omili» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Taraqqiyot strategiyasi markazi, O‘zbekiston «Adolat» SDP siyosiy kengashi, partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori B.Hodiyev va boshqalar Harakatlar strategiyasida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish, ta’lim tizimining uzluksizligini yanada takomillashtirish maqsadida sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish muhim vazifa etib belgilanganini ta’kidladi.

Tadbir Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb masalalarni muhokama qilishga bag‘ishlandi.

Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi.

– Yana bir masala oliy ma’lumotli kadrlarimizning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishdir, – deydi Taraqqiyot strategiyasi markazi ijrochi direktori Akmal Burhonov. – Bugun dunyoning rivojlangan davlatlari kadrlarni tanlashda Bolonya deklaratsiyasiga tayanmoqda. Shu bois mamlakatimizning mazkur xalqaro hujjatga qo‘shilish masalasi ko‘rib chiqiladi. Bu milliy oliy ta’lim tizimini jahon amaliyoti bilan uyg‘un rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini keskin oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, hududlardagi oliy o‘quv yurtlari uchun ilmiy-pedagogik kadrlar zaxirasini yaratish, tayanch oliy ta’lim muassasalarida magistratura va doktoranturaga maqsadli qabul tashkil etilishi masalasi yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda Harakatlar strategiyasida o‘z ifodasini topgan maktabgacha ta’lim tarmog‘ini kengaytirish va takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, kasb-hunar kollejlari faoliyatini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish, oliy ta’lim muassasalari ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Yana o‘qing:  Bilim maskanlari yangi o‘quv yiliga shay

 

Mohigul Qosimova,

O‘zA muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: