Ko‘katli g‘ilmindi

Zarur mahsulotlar: 3 stakan un, 2 osh qoshiq sariyog‘, tuz, suv, 400 gr. pishloq, 200 gr. ismaloq, jag‘-jag‘, 150 gr. tvorog va o‘simlik yog‘i.

Tayyorlanishi: un, tuz, suv va sariyog‘ solib, o‘rtacha yumshoq xamir qoriladi. Ko‘katlar yaxshilab yuvilib, maydalab to‘g‘raladi. Pishloq go‘sht maydalagichdan chiqariladi. Alohida idishga ko‘katlar, pishloq, tvorog va tuz solib, aralashtiriladi. So‘ng undan koptokchalar yasaladi.

Tingan xamir qalin tasma shaklida zuvalachalarga bo‘lib chiqiladi. Har bir zuvalacha yoyilib, ichiga tayyor aralashma solinadi va yana zuvalacha qilib berkitiladi. So‘ng xamir 2 diametr qalinlikda yoyilib, tovada qizartirib pishiriladi. Tayyor bo‘lgan ko‘katli g‘ilmindini dasturxonga tortishdan oldin xohishingizga qarab, bezatishingiz mumkin.

 

BEGOYIM

Yana o‘qing:  Oqish maysadagi hayot uchquni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: