Qo‘rquv turlaridan xabardormisiz?
Qo‘rquvning turlari juda ko‘p. Ular turli nomlar bilan ataladi. Mutaxassislar qo‘rquvga qo‘ygan nomlar bilan tanishing:
Akrofobiya – balandlikdan qo‘rqish
Aerofobiya – samolyotda uchishdan qo‘rqish
Amatofobiya – changdan qo‘rqish
Araxnofobiya – o‘rgimchakdan qo‘rqish
Astrapofobiya – chaqmoqdan qo‘rqish
Klaustrofobiya – yopiq joylardan qo‘rqish
Emetofobiya – qayt qilishdan qo‘rqish
Eritrofobiya – jamoat joyida qizarib ketishdan qo‘rqish
Gematofobiya – qondan qo‘rqish
Mikrobiofobiya – mikroblardan zararlanishdan qo‘rqish
Mizofobiya – ifloslik va yuqtirib olishdan (zaharlanish) qo‘rqish
Niktofobiya – qorong‘ulikdan qo‘rqish
Oxlofobiya – olomondan qo‘rqish
Ornitofobiya – qushlardan qo‘rqish
Patofobiya – kasal bo‘lishdan qo‘rqish
Pnigofobiya – bo‘g‘ilishdan qo‘rqish
Pteronofobiya – qush patidan qo‘rqish
Pirofobiya – olovdan qo‘rqish
Triskaidekafobiya – 13 raqamidan qo‘rqish
Ksenofobiya – notanish insonlardan qo‘rqish
Zoofobiya – hayvonlardan qo‘rqish
Xurshida HUSENOVA