Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazi filiali tashkil etiladi

Surxondaryo viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazining Surxondaryo filialini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Ushbu reja haqiqatan ham xalq ehtiyojidan kelib chiqayaptimi? Ushbu savolga javob olish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazi direktori Zafar Sidiqovga murojaat qildik:

– Hozirgi kunda Surxondaryo viloyatida ko‘z kasalliklari shifoxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ammo 100 o‘ringa va ambulator-maslahat poliklinikasi 100 qatnovga mo‘ljallangan ushbu ko‘z kasalliklari shifoxonasida zamonaviy texnologiya va menejment tizimi yo‘lga qo‘yilmaganligi tufayli, viloyat aholisi malakali oftalmologik tibbiy yordam olish uchun poytaxtimizdagi respublika davolash muassasalariga murojaat qilishga majbur bo‘lishayotgan edi. 2015–2016 yillar tahliliga ko‘ra, viloyatdan 9176 nafar bemor Toshkentdagi respublika davolash muassasalariga murojaat qilib, ulardan 1757 nafarida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir bemor hamrohi bilan poytaxtga kelib, davolanishi va ma’lum muddat yashashi uchun, taxminan, 1,6–2,0 million so‘m kerak bo‘ladi. Xususan, oftalmologiyada eng ko‘p qilinadigan jarrohlik amaliyoti – katarakta fakoemulsifikatsiya uchun 800 ming so‘mgacha mablag‘ sarf qilinadi. Bu esa agar bir yilda, 1000 ta fakoemulsifikatsiya bajarilishi taxmin qilinadigan bo‘lsa, 1,1-1,5 milliard so‘m mablag‘ xarajat qilinadi, deganidir. Demak, endi shuncha mablag‘ni iqtisod qilish imkoni tug‘iladi.

Shu yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya markazining Surxondaryo filialini tashkil etishdan maqsad ham, aholida ko‘z kasalliklari bilan kasallanishning oldini olish, keng tarqalgan – katarakta, glaukoma, tomir tizimi kasalliklari, diabetik retinopatiya kabi xastaliklarni ortiqcha mablag‘ xarajat qilmay, erta aniqlash va sifatli davolash imkoni yaratishdir. Bunda markazni Yevropa davlatlarida ishlab chiqarilgan yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash, malakali kadrlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu tibbiy islohotlar surxondaryoliklarning ham uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishga va albatta, tibbiy xizmatga bo‘lgan ehtiyojini samarali qondirishga xizmat qilishi shubhasiz.

 

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  “InnoWeek-2018”: ikkinchi kun natijalari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: