Xona gullarining foydali xususiyatlari
Xona gullari har bir o‘zbek xonadonining ko‘rki. Ular nafaqat uyingizga chiroy bag‘ishlaydi, balki foydali xususiyatlari bilan ham ahamiyatli sanaladi. Xo‘sh, ularning foydali xususiyatlaridan xabardormisiz?
Aloe– yotoqxona uchun eng yaxshi gul sanaladi. U boshqa o‘simliklarga qaraganda tunda xonani kislorod bilan ko‘proq ta’minlaydi.
Manzarali limon daraxti barglarida 85 turdagi foydali moddalar mavjud bo‘lib, u xona havosini tozalash xususiyatiga ega.
Katta va baquvvat xlorofitum guli, hajmi 3 kvadrat metr bo‘lgan maydonni tozalashga qodir.
Fikus – xonani kislorod bilan ta’minlash bilan qatorda havoni namlantiradi va toksinlardan bartaraf qiladi.
Rozmarin – undagi fitonsidlar yuqori nafas yo‘llari xastaliklari bilan aziyat chekuvchi insonlarga ko‘mak beradi.
Pelargoniya – uning tarkibida tinchlantirish xususiyatiga ega moddalar mavjud va u ruhiy zo‘riqishda, uyqusizlikda yaxshi samara beradi.
Xurshida HUSENOVA