Yosh ixtirochimiz zaharli gazdan kislorod olishni kashf qildi
Qashqadaryolik Feruz Murodinov zavod, korxona va avtomobillardan chiqayotgan zaharli gazni qayta ishlab, uni kislorodga aylantirib beruvchi texnika ixtiro qildi.
Qurilma ob’yektdan chiqayotgan zaharli SO2 gazini to‘sib, uni kislorodga aylantiradi va sarf bo‘layotgan yonilg‘ini bir necha barobar tejab qoladi. Foydali ish koeffitsiyenti o‘n baravar ortadi, ya’ni 10 litr yonilg‘i sarf bo‘ladigan ish 1 litr yonilg‘i bilan bajariladi. Shuningdek, avtomatik tarzda filtrni almashtiradi va havodagi changni tozalab, tashqariga haydaydi.