KASB – XAZINA

Mamlakatimizda yo‘lga qo‘yilgan uzluksiz ta’lim tizimi, ayniqsa, maktab bitiruvchilarining kasb-xunar kollejlarida ta’lim olib hunar o‘rganishlari, ularning jamiyatda o‘z o‘rnilariga ega, Vatan uchun foyda keltiradigan insonlar bo‘lib voyaga yetishlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shu yoshlarimizni, aniqrog‘i kollej va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada tashkil etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ana shunday mehnat yarmarkalaridan biri kuni kecha poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi “Ilg‘or” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Olti ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan ushbu mahallada keyingi yillarda bir qator yangi tikuvchilik korxonalari va maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ishga tushirildi. O‘nga yaqin oilaviy tadbirkorlik sub’yektlari aholiga turli yo‘nalishda xizmat ko‘rsatmoqda.

Tadbirda tumandagi ko‘plab korxona, tashkilot va muassasalar bitiruvchilarga bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etdi. Bunday yarmarkalar tumanning boshqa mahallalarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

O‘z muxbirimiz

Yana o‘qing:  TIKA O‘zbekistonga 50 ta tez tibbiy yordam mashinasi va 20 ta mobil ofis avtobusi ajratdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: