Haftada necha soat ishlash salomatlik uchun zarar?

Avstraliyalik olimlar inson sog‘lom bo‘lishi uchun haftada necha soat ishlashi mumkinligini aniqlash borasida tadqiqot olib borishdi. Avstraliya milliy universiteti tahlil natijalari haqida qisqa va muhim xulosalarni taqdim etdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, sog‘lom hayot tarzi olib borish uchun haftada maksimal hisobda 39 soat ishlash kerak. Agar hafta davomidagi ish soatlari bu vaqtdan oshib ketsa, unda bu hol inson ruhiyati va jismoniy holatiga salbiy ta’sir etadi. Sababi inson asosiy vaqtini ish bilan o‘tkazadi va natijada o‘ziga bo‘lgan e’tibori kamayadi, ya’ni o‘z vaqtida va to‘g‘ri ovqatlanmaydi, shuningdek, gigiyenik qoidalarga ham rioya qilmaydi.

Olimlar haftasiga 40 soatdan ortiq ishlaydigan, xususan aksariyati 24 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan kishilarga mehnat faoliyatini biroz cheklashni tavsiya etishmoqda. Bu borada, ayniqsa, ayollarning yumushlari ko‘p ekanligi xulosa qilingan. Sababi ayollar ish joyidagi vazifalardan tashqari, ish haqi to‘lanmaydigan uy yumushlarini ham bajaradilar.

Aytish kerakki, bundan taxminan 80 yil ilgari jahon miqyosida bir haftadagi ish vaqtining o‘rtacha darajasi 48 soat etib belgilangan.

Yana o‘qing:  Xorioretinit nima degani?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: