Nonushta uchun
Zarur mahsulotlar: 300 gr. kolbasa, 200 gr. pishloq, 1 ta o‘ramda toster noni, 2 dona tuzlangan bodirng, 6 dona pamidor, 100 gr. dan mayonez va ketchup kerak bo‘ladi.
Tayyorlanishi: bodring uzinasiga ikkiga bo‘linadi. Kalbosa dumaloq, pamidorlar ikkiga bo‘lib kesib chiqiladi. Gaz listiga toster nonlarini bir tekisda terib chiqib ustidan moyonez va ketchup surtiladi. So‘ngra kolbasa, bodring, pamidor va ustiga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘yib chiqiladi. Qizigan gaz pechiga 180 daraja 10 daqiqaga qo‘yiladi.
Buterbrodlar tayyor. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM