Yaponlarning uzoq yashash va barqaror qarish siri nimada?

Bilasizmi yapon ayollarining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 84 yoshni tashkil qiladi?! Ular nafaqat boshqalarga qaraganda uzoq umr ko‘rishadi, balki qarish jarayoni  ham ularda barqaror (asta sekinlik bilan)sanaladi.

Yaponiyalik adiba Naomi Moriyama yapon oshxonasi bo‘yicha tadqiqot olib borgan. Uning  kitobida barqaror qarish hamda ortiqcha vaznga qarshi tabiiy kurashish haqida so‘z boradi. Muallifning fikricha, yapon milliy oshxonasi o‘zida qarish jarayoni va vaznni oshishiga ko‘mak beradigan mahsulotlar iste’moliga yo‘l qo‘ymaydi.

Doimiy iste’mol qilinadigan baliq, dengiz karami, mevalar, soya, guruch, sabzavotlar va ko‘k choy tarkibi yoshartiruvchi hamda ozdirish ta’sir kuchiga ega yoki ularning tarkibida maqbul va mo‘tadil tana vaznini saqlash qobiliyati mavjud.

Bundan tashqari uyda tayyorlanadigan an’anaviy  taomlar qovurilgan baliq, guruch, qaynatilgan sabzavotlar, sho‘rva, ko‘k choy va mevalardan tarkib topgan. Dunyo bo‘yicha  baliqqa bo‘lgan talabning aksariyati yaponlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng qizig‘i, butun dunyo bo‘yicha iste’mol qilingan baliqning 10 foizi aynan shu millat hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu juda hayratlanarli ko‘rsatkich, sababi yaponlar yer sayyorasi aholisining 2 foizini tashkil etadi.

Yana muallif o‘z kitobida –  maktabda o‘quvchilarga sog‘lom ovqatlanish asoslari o‘rgatilishi, ular bolalikdan boshlab iste’mol qiladigan mahsulotini baholashi hamda sekin tanovul qilishi kerakligi o‘rgatiladi,– deb bayon etadi. Shu bilan birgalikda tushlik stolida shunday  qoida mavjud:  katta hissali yoki to‘la miqdordagi ovqatni tanovul qilish mumkin emas. Bundan tashqari har bir taom alohida sig‘imga ega.

Yaponiyada nonushta kundalik ratsionning asosiy qismini egallaydi: odatda yaponlar o‘zlari uchun turli mahsulotlar va ichimliklar (ko‘k choy, qaynatilgan guruch, sho‘rva, tofa, sarimsoq (etilmagan, yashil tusdagi sarimsoq), suvo‘tlari, omlet yoki baliq bo‘lagi) qatorini kiritishadi.

 

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Ta’mi achchiq – shifosi shirin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: