Yasmina «Capital Cup – 2017» xalqaro turniri g‘olibi

Yosh tennischimiz Yasmina Karimjonova Qozog‘istonda o‘tkazilgan «Capital Cup – 2017» xalqaro turnirida ikki bor shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Yakkalik bahslarida birinchi raqamda saralangan Ya.Karimjonova rossiyalik Kseniya Shikanova, qozog‘istonlik Anastasiya Sharapova, Anastasiya Astaxova hamda o‘zbekistonlik Milana Maslenkovani mag‘lub etib, hal qiluvchi bahsda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Yasmina finalda mezbonlar vakili Darya Detkovskayani 6:3, 6:4 hisobida yengib, musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ya.Karimjonova hamda D.Detkovskaya juftlik bellashuvlarida hamkorlikda o‘ynab, finalda rossiyalik Irina Babkova hamda Maya Gorbunovani 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

 

N.Norboboyev

Yana o‘qing:  Puxta bilim, malakali amaliyot

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: