XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2012-38)

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Li Myon Bakning taklifiga binoan, 2012 yil 19-21 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi.
  • Poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida 14 sentyabr kuni Prezidentimiz Islom Kaarimovning tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzuida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.
  • 13 sentyabrda “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning uzoq muddatli ahil qo‘shnichiligi, do‘stligi va hamkorligi to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2007 yil 16 avgust) ratifikatsiya qilish haqida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilindi.
  • O‘zbekiston Respublikasining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni matbuotda e’lon qilindi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: