Xitoy madaniyati va san’ati kunlari

O‘zbekiston davlat san’at muzeyida mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasi bilan  diplomatik aloqalar o‘rnatganining yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan “Xitoy madaniyati va san’ati kunlari” festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur festival O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkentdagi Konfutsiy instituti hamkorligida tashkil etildi.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori A.Mannonov va boshqalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar bunga huquqiy asos bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

Festivalda “Xitoy madaniy merosi”, “Tabiat manzaralari” hamda “Yangi yil bayrami” mavzulari asosida hunarmandchilik namunalari, grafika va rangtasvir asarlari, fotosuratlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tomoshabinlar Xitoy xalqining an’analari, urf-odatlari va boy madaniy merosi sanalgan me’moriy, tarixiy yodgorliklar bilan tanishdi.

– Mamlakatlarimiz o‘rtasida boshqa sohalar qatori madaniyat va san’at sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ko‘plab madaniy kechalar, festivallar o‘tkazilishi an’anaga aylangan, – dedi Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze. – Bunday tadbirlar xalqlarimiz o‘rtasidagi ishonch, mehr-oqibat singari samimiy rishtalarni yanada mustahkamlamoqda. O‘ylaymanki, bu festival ham ayni shu maqsadga xizmat qiladi.

Tadbirda har ikki mamlakatning milliy urf-odatlarini ifodalovchi, do‘stlik rishtalarini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Festival doirasida Xitoy xattotlik san’ati va qog‘oz bo‘laklarini qirqish orqali turli-tuman bayram ashyolarini yasash bo‘yicha mahorat darslari tashkil etiladi, «Xitoy bo‘ylab sayohat: bayramlar» nomli hujjatli film namoyish qilinadi.

 

Mohigul QOSIMOVA,

O‘zA muxbiri 

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda inson tana a’zolarini ko‘chirish haqida qonun loyihasi muhokama qilinmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: