Orolbo‘yidagi muammolar hal etiladi

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Markaziy Osiyo hududiy ekologik markazi o‘rtasida “Suv, Ta’lim va Hamkorlik” besh yillik suv loyihasini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvi imzolandi. AQSH xalqaro rivojlanish Agentligining (USAID) ushbu loyihasi Orol dengizi basseyni mamlakatlarining suv sohasidagi mutaxassislari, ilmiy ishchilari va yuqori mansabli shaxslarining ta’limi, tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaxshilashga yo‘naltirilgan mintaqaviy dasturi hisoblanadi. Tarmoqlararo o‘zaro harakatlarni yaxshilash va bilimlarni mustahkamlash suv resurslarini yanada yaxshi boshqarishga yordam beradi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Orolbo‘yi mintaqasini 2017–2021-yillarda rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturini ham tasdiqladi. U ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy holatni, Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholining turmush sharoitini yaxshilash, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

 

uznature.uz

Yana o‘qing:  XAVFSIZ INTERNET – BILIMLAR XAZINASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: